Kiberjinoyatchilikka qarshi profilaktik tadbir

Bugun, 16-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida talabalar uchun huquqiy targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 8-martdagi “Ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarini oliy ta’lim tashkilotlariga biriktirish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 15/11-son qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida akademiyaga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Xudoyberganov Ma’murjon Xudayberganovich tomonidan “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish” mavzusida ma’ruza qilindi.

Ma’ruza davomida kiberjinoyatchilik, kiberbulling va internet tarmog‘ida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari videolavhalar orqali batafsil tushuntirildi. Tadbir savol-javob shaklida davom etib, talabalarning mavzuga oid savollariga atroflicha javoblar berildi.

Tadbirda O‘zDXA Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Alimova Nargiza Sagdullayevna shuningdek, Yakkasaroy tuman IIO FMB 3-son IIB XPB OTM PKI G.T.Matisakova ishtirok etib, mavzu yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib bordi.

Tadbir talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish hamda jinoyatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan