Hurmatli talabalar!
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2026-yil 1-mart sanasidan boshlab akademik qarzdor talabalarga qoldirilgan fanlar bo‘yicha qayta o‘qish mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yiladi.
Shu munosabat bilan, akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalar 2026-yil 1-martga qadar shartnomada belgilangan to‘lov summasini to‘liq amalga oshirishlari shart.
Eslatma: 1-mart kuni amalga oshirilgan to‘lovlar ham inobatga olinadi.
Ariza topshirish tartibi:
1. kontrakt.edu.uz platformasiga kirib, shaxsiy kabinet orqali “Kredit-modul” bo‘limiga o‘ting.
2. “Ariza yuborish” bo‘limi orqali tegishli semestrni tanlang.
3. Semestr tarkibida fanlar aks etgan bo‘lsa, bu sizda akademik qarzdorlik mavjudligini bildiradi.
4. Har bir semestr bo‘yicha fanlarni belgilab, yakunda “Yuborish” tugmasini bosing.
5. “Shartnomalar” bo‘limidan shartnomani yuklab oling.
Yuborilgan arizalar belgilangan tartibda Registrator ofisi tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlanadi.





