Joriy yilning 21–22-fevral kunlari Хоразм вилоятининг Urganch shahrida san’atning barcha turlari bo‘yicha yuqori saviyada tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston iqtidorlari” xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlov mamlakatimiz va xorijlik iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlab, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish, tajriba almashish hamda kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qildi.
Ko‘rik-tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan chiqishlar san’atga yuksak ehtirom, milliy va jahon an’analari uyg‘unligi hamda zamonaviy ijodiy yondashuv bilan ajralib turdi.
Xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shahzoda Xudoynazarova hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi. Uning kasbiy tajribasi, ilmiy va amaliy faoliyati tanlov ishtirokchilari ishlarini xolis va adolatli baholashda muhim omil bo‘ldi.
Bu kabi tanlovlar san’at ahli uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, iqtidorli yoshlarning kelgusi ijodiy yutuqlariga mustahkam poydevor yaratadi.

