Aademiya mustaqil izlanuvchisi Xoʻjametova Sevara Maqsud qizi “Vatanga sodiq inson” nominatsiyasi doirasida esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqyosida birinchi marotaba “Scientific Publication” ilmiy matbuot markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy ishlar tanlovida ilm-fan hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi uchun O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Xoʻjametova Sevara Maqsud qizi “Vatanga sodiq inson” nominatsiyasi doirasida esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Akademiya jamoasi nomidan mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!
Ma’lumot o’rnida: Ilmiy rahbar: «San’at nazariyasi va tarixi» kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari nomzodi Tashkenbayev Pulat Irkinovich

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan