Xorijlik talabalar bilan profilaktik suhbat

Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar transferi asosida o‘qishini ko‘chirgan talabalar bilan akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X.Atavullayev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i D.Abdulova hamda Yakkasaroy tumani IIO FMB HPB 3-son IIB HPB OTM PKI katta leytenanti G.Matisakova ishtirok ma’rifiy-profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

♾ Uchrashuv davomida talabalarni yangi ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, ichki tartib-qoidalar va odob-axloq me’yorlari bilan yaqindan tanishtirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, talabalar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan