Joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Xudoynazarova akademiya tayanch doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari bilan navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi.
Yig‘ilish davomida ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi, dissertatsiya mavzulari yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar, metodologik yondashuvlar hamda ilmiy natijalarning amaliy ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy ishlarning belgilangan muddatlarda va yuqori sifat darajasida bajarilishi, nashr faolligini oshirish hamda ilmiy intizom masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, izlanuvchilarga ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

