O‘zbek milliy raqsi: tajriba va mahorat almashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 26-sentyabrdagi “Ijod maskani” turkum tadbirlari hamda “Mahorat darslari”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi 456-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 6-mart kuni Termiz shahridagi 1-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Mahorat darsi” tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bilan hamkorlikda viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida “Xoreografiya” yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ishtirokida o‘tkazildi.

Mashg’ulotda akademiya dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahzoda Xudoynazarova tomonidan pedagoglarga o‘zbek milliy raqs san’atining o‘ziga xos jihatlari, harakat texnikasi, sahna madaniyati hamda milliy raqs elementlarini to‘g‘ri va mahorat bilan ijro etish bo‘yicha muhim tavsiyalar bosqichma-bosqich tushuntirilib ishtirokchilar bilan birgalikda amaliy tarzda bajarildi. Bu esa qatnashchilarga nazariy bilimlarni bevosita amaliyot orqali mustahkamlash imkonini berdi.

“Mahorat darsi” yakunida ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, o‘zbek milliy raqs san’atining nozik jihatlari bo‘yicha muhim tajriba orttirdilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan