Talabalar xavfsizligi — ustuvor yo‘nalish

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Talabalar xavfsizligi kuni” munosabati bilan navbatdagi “TIG’” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 25-martdagi 06/12-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Payshanba — “Talabalar xavfsizligi kuni” doirasida o‘tkazilgan mazkur “TIG” tadbiri davomida talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan