Bugun O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash hamda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Yakkasaroy tumani IIO FMB Tezkor qidiruv xizmati terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, kapitan Masaliyev Shuhrat Botirovich hamda Yakkasaroy tumani bo‘yicha Din ishlari qo‘mitasi mas’ul xodimi Xalikov Odil Choriyevich mehmon spiker sifatida ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar.
Tadbir davomida bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning ongiga turli zararli g‘oyalar singdirilishining oldini olish, ularni mustaqil fikrlashga undash, shuningdek, inson qadri, huquq va erkinliklarini hurmat qilish kabi dolzarb masalalar keng yoritildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Bu kabi ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.





