Kuni kecha, 26-mart kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Talabalar xavfsizligi kuni” doirasida “TIG’” tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir tegishli vazirliklarning qo‘shma qaroriga muvofiq tashkil etilib, oliy ta’lim muassasalarida profilaktika ishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadbirda talabalar bilan huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, shaxsiy va jamoat xavfsizligini ta’minlash, bo‘yicha muhim tushuntirish ishlari olib borildi.


