О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori 9-bandi va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2026-yilning 26-noyabr kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “О‘ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI: INKLYUZIV TA’LIM VA INTEGRATSION JARAYONLAR” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani о‘tkaziladi.
Anjumanda respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari professor-о‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar, tadqiqotchilar hamda madaniyat va san’at sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
Maqola elektron variantda 2026-yilning 1-oktabriga qadar tahrirdan о‘tkazilib, Xudoynazarova Shaxzoda Tursunovna:
+998908215444
@tursunovna_sh telegram raqamiga yuborilishi kerak.
Axborot xatlari quyida ilova qilinadi.
– о‘zbek tilida
– rus tilida
– ingliz tilida