Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida“Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar” tanlovi boʻlib oʻtadi.
Ilmiy maqolalar joriy yilning 31-avgust kuniga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi (94 105-16-46 telegram raqami)ga taqdim etishingiz soʻraladi.
Mazkur tanlov shartlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
TANLOV SHARTLARI
– Tanlovda akademiyada tahsil olayotgan millati va tilidan qat’iy nazar 30 yoshgacha boʻlgan talaba-yoshlar ishtirok etishi mumkin.
– Tanlovga materiallar oʻzbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
– Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolani rasmiylashtirish talablari: ilmiy maqola 14 shrift (Times New Roman), 1 interval, sahifaning yuqori, past, chap va oʻng tomonidan 2 sm hoshiya, 5-6 bet;
saxifaning oʻng yuqorigi qismiga OʻUK (UDK) qoʻyiladi.
Ilmiy maqola mavzusi oʻzbek, rus, ingliz tillarida keltiriladi. Navbatdagi satrda ilmiy maqolada muallifning (materiallar yakka mualliflikda qabul qilinadi) F.I.Sh.; oliy taʼlim muassasasining nomi; taʼlim bosqichi (bakalavr/magistr), taʼlim kursi; elektron pochta manzili; telefon raqami koʻrsatiladi;
yangi satrdan ilmiy maqolaning qisqacha mazmuni/annotatsiya (oʻzbek, rus, ingliz tillarida; 4-5 qator);
kalit soʻzlar (oʻzbek, rus, ingliz tillarida; 6-10 ta)
maqola kirish, asosiy qism, hulosalar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati (alifbo tartibida) qismlaridan iborat;
matnda foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatida keltirilgan tartibda raqamlangan shaklda, kvadrat qavsda keltiriladi.
Tanlovga taqdim etilgan ilmiy ishlar uchta nominatsiya boʻyicha ekspertizadan oʻtkaziladi:
1) “Eng yaxshi saylov qonunchiligi bilimdoni”;
2) “Eng yaxshi saylov tarixi bilimdoni”;
3) “Eng yaxshi saylov jarayoni bilimdoni”.
Har bir nominatsiya boʻyicha tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari (jami 9 nafar) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida ommaviy axborot vositalari ishtirokida
1-, 2-, 3-darajali diplom, ilmiy ishi chop etilgan toʻplam va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadi.