«Kitobxon talaba»

#5_muhim_tashabbus #sport #kitobxonlik #musobaqa

Joriy yilning 23-24- oktabr kunlari Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida besh muhim tashabbus doirasida talabalar uchun tashkil etilgan stol tennisi va shaxmat-shashka musobaqalari hamda «Kitobxon talaba» viktorinasi yakuniga yetdi.

Ushbu sport va kitobxonlikka bag’ishlangan tadbir talabalarda jismoniy faollikni oshirishga, aqlni charxlashga, kayfiyatlarida ishtiyoq va zavq yanada oshishiga xizmat qildi.

Ikki kun davomida bo’lib o’tgan ushbu musobaqalar so’ngida faol ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan talabalar akademiya rahbariyati tomonidan rag’batlantirilib, munosib taqdirlandilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan