“MAHALLADA DUV-DUV GAP”

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi hamkorligida Prezidentimiz koʻrsatmalariga binoan, 2021-yilning noyabr-dekabr oylarida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida poytaxtning barcha mahallarida maʼnaviy-maʼrifiy va konsert tadbirlarini oʻtkazish rejasi ishlab chiqildi.

Mazkur loyiha doirasida bugun, 11-noyabr kuni Sergeli tumani Bunyodobod Mahalla fuqarolar yigʻinida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamkorligida “Mahalla – Uchinchi renessansning maʼnaviy va demokratik asosi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkillashtirildi.

Ushbu tadbirga mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi.

Maʼdaniy-maʼrifiy kechada el sevgan ijodkorlar, xalq artistlari va estrada xonandalari, shuningdek, OʻzDXAning iqtidorli talabalari ishtirok etdi.
Ulugʻ sanʼatkorlarning dil izhorlari, kuy-qoʻshiqlar, talabalarimiz ijrosidagi raqslar tadbir ishtirokchilariga hush kayfiyat ulashib, tadbir koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan