SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

Bugun, 18-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Xoreografiya” kafedrasi katta oʻqituvchisi Gulasal Usmanova tomonidan Baletmesterlik sanʼati fanidan “Baletmeysterlik sanʼati fanida raqs tasvirining oʻrni” mavzusidagi seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminarda Baletmeysterlik sanʼati fanida raqs tasvirining oʻrni (Oddiy va murakkab, simmetrik va assimmetrik, statik dinamik, bir rejali va koʻp rejali raqs chizmalari misolida) toʻgʻrisida, badiiy obraz tushunchasi, raqs kompozitsiyasi, raqs chizmalarining turlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdimot orqali tushuntirib berildi. Shuningdek, seminar davomida fanni Hemis elektron platformasida yuritish bo’yicha amaliy mashg’ulot va tushuntirish ishlari olib borildi.

G.Usmanovaning mazkur seminarida professor-o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, o’zaro fikr-mulohaza almashdilar.

Ushbu seminar-trening akademiya professor-o’qituvchilari uchun yana bir tajriba maktabi sifatida barchaga manzur boʻldi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan