NAVBATDAGI VIKTORINA BO’LIB O’TDI

Xabaringiz bor, talabalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli va samarali o’tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida masofaviy tarzda, ZOOM dasturi orqali seminar-trening va turli intellektual viktorinalar tashkil etilgan. Shu munosabat bilan bugun, 17-yanvar kuni navbatdagi viktorina tashkil etildi.

“San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “O’zbek xoreografiya san’ati tarixi” viktorinasida akademiya va O’zDXA Urganch filiali talabalari faol ishtirok etib, professor-o’qituvchilarning savollariga hozirjavoblik bilan to’g’ri va to’liq javoblar yo’lladilar.

Ushbu viktorinada berilgan savollarga eng ko’p to’g’ri javoblar yo’llab «San’atshunoslik» ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Mirzakarimova Ro’zaxon g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Eslatib o’tamiz, bilimdon talaba viktorinasi davom etadi. Hurmatli talabalar, siz ham kelgusi online viktorinalarda ishtirok eting va g‘oliblikni qо‘lga kiritib, pul mukofotiga ega bo’ling.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan