SEMINAR-TRENINGDA BILIMDONLAR ANIQLANDI

Talabalarning qishki ta’til kunlarini mazmunli va samarali o’tkazish maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida masofaviy tarzda, ZOOM dasturi orqali seminar-trening va turli intellektual viktorinalar davom etmoqda.

Bugun, 21-yanvar kuni “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi tomonidan “Maqola ustida ishlash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda talabalarga maqola yozish qoidalari va ularning turlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, professor-o’qituvchilar tomonida mavzu yuzasidan qator savollar tayyorlanib eng bilimdon talaba aniqlandi. Savollarga eng ko’p to’g’ri javoblar yo’llagan «San’atshunoslik» ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi Normamatov Jahongir g’olib deb topildi.

Eslatib o’tamiz, seminar-trening va viktorinalar davom etadi. Hurmatli talabalar, siz ham kelgusi onlayn viktorinalarda ishtirok eting va g‘oliblikni qо‘lga kiritib, pul mukofotiga ega bo’ling.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan