BALET SAN’ATIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY-SEMINAR TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 9-fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Magistrtura boʻlimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-dekabrdagi “Opera va balet san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-64-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Balet san’ati rivojiga bag‘ishlangan “Klassik raqsning bugungi kundagi dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Magistratura bo’limi boshlig’i Mavluda Adasheva, 2-kurs magistrantlari va betakror balerina, baletmeyster, Xalq artisti, “Xoreografiya” kafedrasi professori Bernora Qoriyeva ishtirokida bо‘lib о‘tgan mazkur ilmiy seminarda klassik raqsning paydo boʻlishi, birinchi balet asarining yaratilish tarixi va hozirgi kunda klassik raqsning mavqeyi hamda rivoji yuzasidan qiziqarli bahs-munozaralar bo’lib o’tdi.

Shuningdek, seminarda bugungi izchil islohotlar davrida davlatimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasiga, xususan, opera va balet san’atiga qaratilayotgan e’tibor, uning ahamiyati va soha vakillari zimmasiga yuklaydigan mas’uliyat borasida о‘zaro fikr almashilindi. Professor B.Qorieva magistrantlarga о‘zining qimmatli maslaxatlarini berib, ular kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida fidokona xizmat qilishlari zarurligini ta’kidlab о‘tdi. Seminar davomida magistrantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, о‘z bilim va kо‘nikmalarini yanada musahkamlashga erishdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan