YOSH OLIMLARNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI VA ULAR UCHUN SEMINAR

Bugun, 10-fevral kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Yosh olimlar kengashi”ning navbatdagi yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi. Yig‘ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Mirmuhsin G‘ofurov О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-112-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yosh olimlar hamda mustaqil izlanuvchilarga atroflicha tushuntirib berdi.

Jumladan, 2022/2023-о‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarida о‘quvchi va talabalarning bilim va kо‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bо‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh is’tedodlarni aniqlash va qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bо‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bо‘yicha fikr-mulohazalar yuritildi.

Yig‘ilish yakunida seminar ham tashkil etildi. Seminar mustaqil izlanuvchi, dotsent Zebo Fazliyeva tomonidan о‘tkazildi.

Z.Fazliyeva yosh olimlar va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy maqolalariga iqtiboslarni ilmiy salohiyatni oshirishdagi ahamiyati, unda “Xirsh indeksi”ning о‘rni va “Xirsh indeksi”ga doir bilish zarur bо‘lgan qator masalalarni keng yoritib berdi. Qolaversa, seminarda yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlarni jadallashtirish masalalari ham atroflicha muhokama etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan