MAGISTRATURA BOʻLIMIDA ILMIY SEMINAR BО‘LIB О‘TDI

Bugun, 16-fevral kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida akademiya magistrantlari G.Madraximovaning “Xoreografiya sohasi pedagogining kasbiy malakasini ijodiy rivojlantirish”, S.Sharipovaning “Конструирование и определение рационалних путей методики преподавания современного танца в Узбекистане”, Sh.Sobirjonovaning “Oʻzbekiston xalq artisti Gavxar Matyoqubovaning xorazm raqs maktabi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi”, S.Nazarovaning «Интеграция обучения хореографии в системе внешколного образования», D.Sarayevaning “Формирование педагогической культури будуших художественних руководителей хореографических коллективов” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyalari bo’yicha ilmiy seminar tashkil etildi.

Mazkur ilmiy seminarda akademiyaning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.K. Gʻofurov, Magistratura boʻlimi boshligʻi M.U.Adasheva, professor-o‘qituvchilar hamda 1-2-kurs magistrantlari ishtirok etdilar. Magistrantlarning taqdimotlari qiziqarli va munozarlarga boy tarzda boʻlib otdi va seminar ishtirokchilari yuqoridagi ma’ruzalardan kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida zarur bо‘ladigan ma’lumotlarga ega boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan