KIYINISH MADANIYATI BO’YICHA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 15-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan akademiya Talabalar turar joyida “Kiyinish madaniyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi M.Adasheva kirish sо‘zi bilan ochib, talabalarga davra suhbatining mazmun-mohiyati tо‘g‘risida, kiyinish madaniyatiga alohida ahamiyat qaratilishi, talabalarning oilada olgan tarbiyasi, Oliy о‘quv dargohi va ustozlarga bо‘lgan hurmati avvalo ularning kiyinishida, muomalasi va egallayotgan bilim darajasida namoyon bо‘lishi haqida sо‘zladi. Tadbir davomida fakultet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, dotsent v.b. E.Saitova ham sо‘zga chiqib, talabalarga kiyinish odobining о‘ziga xos jihatlari, milliy mentalitetimizga tо‘g‘ri kelmaydigan liboslar hurmatsizlik belgisi ekani, rasmiy va о‘zbekona kiyinishning jamiyatdagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berib, ulug‘ ustoz sifatida о‘z maslahatlarini ham berib о‘tdi.

Davra suhbati talabalar bilan о‘zaro savol-javoblar, fikr-mulohazalar, takliflarga boy tarzda о‘tib, barcha ishtirokchilarga manzur bо‘ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan