TALABALAR TURAR JOYIDA INTELLEKTUAL O`YINLAR TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 17-fevral kuni Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Talabalar turar joyida yashovchi talabalar oʻrtasida talabalar intelektual salohiyatini oshirish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan qiziqarli intellektual о‘yinlar tashkil etildi.

Ingliz tilida “Zanjir”, “Soʻzni toʻgʻri top” kabi qiziqarli oʻyinlar ustozlar va talabalar ishtirokida bо‘lib о‘tdi. Shuningdek, talabalar oʻrtasida qiziqarli bahs-munozaralarga boy boʻlgan “Qopqon” oʻyini ham tashkil etilib, ushbu oʻyin davomida talabalar oʻyin shartlari bo’yicha 2 guruhga “Aholi” va “Ovchi”larga boʻlindilar. Oʻyinda “Aholi”dan tashkil topgan talabalar ustunlik bilan gʻoliblikni qo‘lga kiritdilar.

Talabalar tomonidan kо‘tarinki ruhda bо‘lib о‘tgan ushbu tadbir uchun minnatdorchilik bildirilib, TTJda bu kabi mazmunli va qiziqarli tadbirlar koʻproq oʻtkazilishi taklifini bildirib oʻtdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan