GRANT LOYIHA DOIRASIDA О‘QUV-AMALIY MASHG‘ULOTLAR DAVOM ETMOQDA

О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-о‘qituvchilari tomonidan 2021-2023 yillarga mо‘ljallangan “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” mavzuidagi amaliy grant loyihasi ustida qizg‘in ishlar davom etmoqda.

Ushbu amaliy grant loyihasi doirasida joriy yilning 25-fevral kuni grant loyiha a’zolari O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, dotsent Shuhrat Toxtasimov, prorektor Mirmuhsin G‘ofurov, loyiha muallifi Shahzoda Xudoynazarova, tadqiqotchilar Erkinoy Saitova, Muattar Tо‘ychiyeva hamda O‘zDSMI professor va dotsentlari Maxsuma Xodjimatova, Sayfulla Ikromov, Olga Ostanina, Venera Yusupovalar Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 100-sonli maktab internatida о‘quvchilar uchun milliy raqs san’ati bо‘yicha amaliy mashg‘ulot о‘tkazdilar.

О‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot davomida tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurgan taniqli rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hilol Nasimov hamda sevimli aktrisa Rayhon Ulasenova imkoniyati cheklangan о‘quvchi-bolalarning orzu-umidlari, san’atga bо‘lgan qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari borasida ham qizg‘in suhbatlashdilar.

Ayniqsa, SH.Xudoynazarova, E.Saitova O.Ostanina, V.Yusupovalar tomonidan о‘tkazilgan amaliy mashg‘ulot bolalarda ajoyib taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida akademiya va imkoniyati cheklangan bolalar maktabi о‘rtasida ta’lim-tarbiya sohasida о‘zaro hamkorlik qilish bо‘yicha shartnoma imzolan di.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan