TALABALAR TURAR JOYIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 28-fevral kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Talabalar turar joyida «Internet tarmoqlarida axborot xavfsizligi – yoshlar ma’naviyatini salbiy ta’sirlardan himoyalash» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida «San’at nazariyasi va tarixi» kafedrasi o’qituvchisi K.Sa’dullaeva ta’lim sohasida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining keng qo’llanilayotgani, bu navqiron avlodga jahon andozalari darajasida ta’lim berish, ularni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashda muhim omil bo’layotgani, shunga qaramay internet tarmog’ida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Davra suhbati davomida sarhadsiz internet dunyosiga kirgan shaxs vaqt, umr g’animat ekanini doimo yodda saqlamog’i lozimligi, bu global tarmoq bepoyon hududlarga ega bo’lib, unda inson adashib soatlab, vaqtini samarasiz o’tkazib yuborishi mumkinligi haqida fikrlar bildirildi. Yoshlarda internet tarmog’idan foydalanganda madaniyat va axborot me’yorlariga rioya qilish va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish zarurligi haqida so’z bordi.

Davra suhbati qiziqarli va mazmunli tarzda bo‘lib, talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan