MUZEYGA TASHRIF

Joriy yilning 28-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs talabalari «O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi mudiri M. Murodova boshchiligida o’zbek romanchiligining asoschisi, jadid adabiyotining yorqin namoyondasi Abdulla Qodiriy uy muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif adibning madaniy-adabiy merosini chuqur o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019-yil dekabrda barpo etilgan bu uy muzeyi adibning o’zi istiqomat qilgan xonadoni o’rnida qad rostlagan bo’lib, muzey markazida A.Qodiriyning chuqur o’yga cho’mgani, xayolot olamida nelarnidir tafakkur qilayotgani ramzi hisoblangan haykal mavjud. O’tgan asr muhitida deyarli to’liq saqlab qolingan, so’zanalar, quroqlar va hatto sandallar-u o’sha davrda urf bo’lgan liboslar bilan bezatilgan xonalar insonga o’zgacha tarovat baxsh etadi.

Tashrif davomida talabalar muzey hovlisidagi bog’dorchilik ishlariga qiziqish bildirishdi. Aytilishicha, Qodiriy mohir bog’bon ham bo’lib, nafaqat qalblarni, balki yerni ham obod qilishga uringan.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan