IJODIY SAFAR

Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Bekejanov Qizilo‘rda viloyat filarmoniyasining 50 yilligi hamda 29-aprel – Xalqaro raqs kuni munosabati bilan “Akkerbez” II Respublika raqs ko‘rik-festivalida Oz‘bekiston davlat xoreografiya akademiyasi katta o‘qituvchisi Shirin Jalilova tanlov hay’at a’zosi sifatida ishtirok etdi.

Qozoq raqs san’ati rivojiga, raqs jamoalari o‘rtasidagi ijodiy aloqani mustahkamlashga hissa qo‘shgan xoreograf va baletmeysterlar uchun tashkil etilgan ushbu ko‘rik-festivalda o‘zaro tajriba almashilindi. Bu esa o‘z ornida Sh. Jalilova uchun ham chinakam tajriba maktabi bo‘ldi. Ijodiy safar davomida u o‘zbek milliy raqslari va turli xalq-sahna raqslaridan mahorat darslari o‘tib, qozoq raqs ustalariga milliy raqslarimizning tarixi va o‘ziga xosligi haqida so‘zlab berdi.

Safardan ulkan taasurotlar, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib qaytgan pedagogimiz kelgusida qozoq hamkasblari bilan ijodiy hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan