9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erkin va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish bizning oliy burchimizdir.

Bugungi qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!

Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan ozodlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, aziz Vatandoshlar!

🌐 O‘zDXA Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan