MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO’LIB O`TDI

Joriy yilning 23-may kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida “Odam savdosini va uning oqibatlari” hamda “Biz OITSga qarshimiz” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi. Tadbirni akademiyaning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori N.Qosimov kirish so’zi bilan ochib, ishtirokchilarni kun tartibidagi asosiy masalalar bilan tanishtirdi.

Shundan sо‘ng, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul xodimi Z.Shukurov turli ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar ongiga salbiy ta’sir etuvchi odam savdosiga oid buzg‘unchi g‘oyalar, axloqsizlikni targ‘ib etuvchi turli oqimlar va ulardan yosh avlodni himoya qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida video taqdimotlar orqali atroflicha tushuntirishlar berib о‘tdi.

Shuningdek, tadbirning ikkinchi qismida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi mas’ul hodimi T.Jumanov asr vabosi sanalgan OITS kasalligining keng tarqalishi, kasallik oqibatlari va uning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni muntazam amalga oshirish zarurligihaqida so‘z yuritib, bunda har bir fuqaro shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishi zarurligi yuzasidan tavsiyalar berib o‘tdi.

Tadbirda talabalar mavzu yuzasidan о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ushbu tadbirda talaba-yoshlar odam savdosi, OITS kasalligi va uning oqibatlari haqida keng bilimlarga ega bо‘lib, ogohlik davr talabi ekanini yana bir bor chuqur angladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan