HISOBOT KONSERTI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi «O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3391-sonli, «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-92-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida va besh muhim tashabbus doirasida joriy yilning 25-may kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi huzurida faoliyat yuritib kelayotgan «Maqom cholg‘u ansambli»ning hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.

Hisobot konsertda «Bog‘saroy» va «Konstitutsiya» mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari va mahalla faollari mehmon sifatida tashrif buyurib, ansambl tomonidan jonli tarzda ijro etilgan o‘zbek milliy mumtoz kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘ldilar. Ayniqsa, ushbu kuy-qo‘shiqlarga akademiyaning «Xoreografiya» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan sahnalashtirilgan betakror raqslar konsert shukuhiga alohida xushkayfiyat bag‘ishladi. Konsert dasturi barchaga birday manzur bo‘lib, olqishlarga sazovor bo‘ldi.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan