Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2021-yil 26-mart kuni soat 10:00 da “Oʻzbek tilida xoreografik terminlarning shakllanishi: bugungi holati va taraqqiyot bosqichlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani onlayn shaklida oʻtkaziladi.
Konferensiya quyidagi shoʻbalarda ish yuritadi:
1. Oʻzbek tili terminologiyasi masalalari.
2. Raqs sanʼati: mavjud muammolar va yechimlar.
3. Xoreografik taʼlimda innovatsion yondashuvlar.
4. Madaniyat va maʼnaviyat muammolari.
Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalar topshirish tartibi:
– konferensiya materiallari oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Konferensiya materiallari nashr etiladi. Tashkiliy qoʻmita maqolalarni saralashni oʻz zimmasiga oladi.
Konferensiyada sanʼat va madaniyat sohasi mutaxassislari, olimlar, baletmeysterlar, xoreograf-pedagoglar, professor-oʻqituvchilar, professional va havaskorlik raqs jamoalari rahbar-xodimlari, ijrochilar, konsertmeysterlar, magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar uchun talablar:
– ilmiy maqolalar anjuman yoʻnalishiga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;
– maqola matnlari qogʻoz va elektron nusxada taqdim etilishi yoki r.oripovich@mail.ru yoki shakhnoza.khakimova69@mail.ru elektron pochta manziliga hamda (90) 9725444 (90) 3261927 raqamlariga telegramm orqali joʻnatilishi talab etiladi;
– maqola matnlari 3 betdan kam boʻlmagan, “MS WORD” redaktorida “Times New Roman” shriftida, 14 razmer shriftida, 1,5 intervalda, oʻlchamlari A-4 formatida, varaqning chap tomonidan 2,5 sm, oʻng tomondan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm joy qoldirilgan boʻlishi lozim;
– maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Navbatdagi qatordan muallif F.I.Sh. va lavozimi yoziladi. Soʻngra annotatsiya va kalit soʻzlar 3 ta tilda, yaʼni oʻzbek, rus va ingliz tillarida boʻlishi shart. Matn oxirida bir qator joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati kiritiladi. Maqolada koʻrsatilgan faktlarning toʻgʻriligi va aniqligiga muallif shaxsan masʼuldir.
Konferensiyada oʻzbek, rus va ingliz tillarida maʼruza qilish mumkin.
Fayl nomi muallif familiyasi bilan yozilishi lozim.
Konferensiyada qatnashish uchun maqola yuborish muddati: 2021-yil 25-mart.
Konferensiya materiallari grant loyihasi mablagʻlari hisobidan chop etiladi.
Konferensiya tashkiliy qoʻmitasi:
1000031. Toshkent shahri, Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 103-uy.
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Telefon: 71-215-56-96, +998-98-363-98-44, +998-98-311-28-52, +998-90-326-19-27
E-mail: r.oripovich@mail.ru yoki shakhnoza.khakimova69@mail.ru
Masʼul shaxs: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining FZ-202001063 raqamli “Xoreografik terminlar izohli lugʻati va uning multimedia shaklini yaratish” nomli amaliy loyiha rahbari Jomonov Ravshan Oripovich