XALQARO BO’LIM

ABDULOVA DIANA ULFATOVNA

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Xalqaro bo‘limi boshlig‘i.

  • Tel:(71) 215-56-31 (моб. (+99893) 512-45-95)
  • е-mail:  diana.abdulova@mail.ru
  • Qabul kunlari: Dushanba, Juma.11.00-13.00, 14.00-16.00

 

XALQARO BO’LIM HAQIDA

MA’LUMOT

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Xalqaro bo‘limi 2017-yil sentyabr oyida tashkil etilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Rossiya Federatsiyasining A.Y.Vaganova nomidagi Rus baleti akademiyasi (Sankt-Peterburg), Moskva davlat xoreografiya akademiyasi, Belorussiya davlat madaniyat va sanʼat universiteti, Belorussiya davlat xoreografiya gimnaziya-kolleji,  Z.Ismagilov  nomidagi  Ufa davlat sanʼat instituti, Chelyabinsk davlat madaniyat instituti, Janubiy Qozog‘iston davlat pedagogika universiteti, Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri, Qozog‘iston milliy ayol pedagogika universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Boku davlat xoreografiya akademiyasi, Moskva davlat madaniyat instituti,  Oltoy davlat madaniyat instituti  bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Xalqaro bo‘limi akademiya rektorining bevosita rahbarligi ostida quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:

– хorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlari, jamg‘armalar, nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish va rivojlantirish;

– сhet eldagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarini shartnoma asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabalariga dars berish uchun taklif etish;

– сhet ellik talabalarni shartnoma-to‘lov asosida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga o‘qishga taklif etish;

– O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilarini xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishga va talabalarni ilm olish uchun qisqa va uzoq muddatli safarlarga yuborish;

– хorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va anjumanlarda akademiya vakillarining ishtirokini taʼminlash;

– O‘zbekistonda o‘tkaziladigan turli darajadagi ilmiy anjumanlarga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda, taniqli xorijiy olimlarni taklif qilish;

– сhet eldagi mashhur ilmiy markazlar va turli dasturlar hamda ularning O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan vakolatxonalari bilan yaqindan aloqa o‘rnatish va hamkorlik qilish;

– хorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va vakolatxonalari bilan do‘stona aloqalar o‘rnatish;

– O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari safarga borgan xorijiy mamlakatlardagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari bilan aloqa o‘rnatish.