🌸Joriy yilning 28-aprel kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya san’ati» fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan fakultet talaba-qizlari bilan “Milliy liboslar millat kо‘rki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🌸Suhbatda millatimiz ko’rki bo’lgan milliy liboslarimizning sharqona nazokatini ifodalovchi nafisligi, tarixi va albatta raqs ijrosidagi tutgan o’rniga alohida urg’u berilib, o’zbek san’atini dunyoga yoyishda milliy liboslarning ahamyati naqadar zalvorliligi aytib o’tildi.