Mukarrama Turg’unboyeva

 Kuni kecha Mukarrama Turg’unboyeva tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan bayram kechasi bo’lib o’tdi.

 Bayram dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich ochib berdi hamda Mukarrama Turg’unboyeva nomidagi «Bahor» ansambli faxriylarini mukofot bilan taqdirladi.

 Kechaga ko’plab mehmonlar qatorida O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi jamoasi ham tashrif buyurdi.

 Qator hamdo’stlik davlatlaridan tashrif buyurgan raqs jamoalari hamda «Bahor» ansamblining go’zal va jozibali raqslari kechaga o’zgacha fayz bag’ishladi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan