O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi hamda О’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “О’zbekiston madaniyati va san’ati: milliy meros va integratsion jarayonlar”, «Kutubxona-axborot xizmati jarayonlarini takomillashtirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirishning nazariy va metodologik muammolari» mavzularida respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari bo’lib o’tdi.
Konferensiyalarda madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov ishtirok etib, kirish so’zi bilan konferensiyalarni ochib berdi, shuningdek soha xodimlarini 15-aprel — “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan muborakbod etdi.