Mahorat darsi

Joriy yilning 6-avgust kuni O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi “Xoreografiya pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Boreyko Alevtina tomonidan Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika bo‘yicha sport mahorat maktabida “Zamonaviy raqs” yo’nalishidan mahorat darslari o‘tkazildi.

Badiiy gimnastika bo’yicha Anastasiya Abdukarimova va Olga Vasilyeva-Chebotaryovalar murabbiylik qilayotgan sport maktabi o’quvchilari orasida Toshkent chempionati chempion va sovrindorlari, Alina Kabaeva kubogi, Gazprom, Jorjiya, Dubay xalqaro musobaqalar g’oliblari taxsil olmoqda.

Badiiy gimnastikada zamonaviy raqs harakatlarining uyg’unligini ta’minlash, ijrodagi ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida A.Boreyko tomonidan o’tkazilgan mahorat darslari o’quvchilarda katta qiziqish bilan kutib olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan