“USTOZIM – YO’LCHI YULDUZIM!” Ustozlar sharafiga bag‘ishlangan konsert dasturi.

Hurmatli Ustozlar, talabalar va akademiya xodimlari!

Barchangizni 30-sentyabr kuni soat 11:45 da akademiyaning katta zalida bo’lib o’tadigan «Ustoz va murabbiylar kuni»ga bag’ishlangan gala-konsertga taklif qilishdan mamnunmiz.

Bu kun, o‘z bilim hamda mahoratlarini mehr va sabr ila ulashayotgan muhtaram ustozlarimizga chuqur minnatdorlik va hurmatimizni izhor etuvchi o’ziga xos bir kundir.

Dasturda qadrli ustozlarimizga minnatdorchilik belgisi sifatida talabalarimiz tomonidan tayyorlangan go’zal ijod namunalari namoyish etiladi.

Keling, bu bayramni Ustozlarimizga birgalikda taqdim etaylik!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan