15-APREL – «MADANIYAT VA SAN’AT XODIMLARI KUNI»

“MADANIYAT VA SANʼAT XODIMLARI KUNI” MUBORAK BOʻLSIN!

 

Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tufayli sohada qator isloxotlar amalga oshirilayotgani barchamizga maʼlum. Qabul qilinayotgan qator qaror va farmonlar xususan, 26-may 2020-yil Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6000-sonli farmonida 15-aprel sanasini “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” etib belgilanishi sohaning barcha vakillari tomonidan beqiyos xursandchilik bilan kutib olindi.
Shu munosabat bilan barcha madaniyat va sanʼat fidoyilarini bugungi ayyom bilan chin qalbdan qutlab, barchangizga zalvorli, ham faxrli kasbdagi mashaqqatli mehnatlaringiz uchun chuqur hurmatimizni bildirib, samimiy, ezgu tilakalarimizni izhor etamiz.
Aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar, sizlarga uzoq va barokatli umr, oilaviy hotirjam va baxtli turmush, kelgusi faoliyatlaringizga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor barchangizga 15-aprel – “Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” muborak boʻlsin!
OʻzDXA matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan