3-iyul kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori, professor Sh.M.To‘xtasimov tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Молодой балет” teatrida faoliyat olib borayotgan akademiya talabalari hamda Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari uchun “Klassik raqs” yo‘nalishida mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur dars mashg‘uloti yosh ijrochilarning kasbiy mahoratini oshirish, sahnadagi yondashuv va ijro madaniyatini takomillashtirishga qaratildi. Mahorat darsi jarayonida talaba va o‘quvchilarga klassik balet san’atining nozik jihatlari, texnik imkoniyatlari hamda sahna harakati bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yosh ijodkorlar uchun katta saboq va motivatsiya manbai bo‘lib, ta’til davrida ham formani ushlashga katta yordam beradi.