Ta’ziya

Bugun raqs san’ati olami afsonasi, balerina, raqqosa, ustoz va murabbiy O‘zbekiston xalq artisti Mavayeva Gulnora Nizomovna 94 yoshida olamdan o‘tdi.

Mavayeva Gulnora Nizomovna ko‘p yillar davomida balerina sifatida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida klassik baletlardagi yorqin rollari bilan tomoshabinlarni xushnud etib kelgan.
Raqqosa sifatida o‘zbek xalq raqslarida bebaho obrazlar yaratganki, ular nafaqat o‘z ona yurti O‘zbekiston, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomoshabinlarini o‘ziga maftun etgan.

Gulnora Mavayeva shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Feruza Sagdullayeva, Gulnora Nizamova, Jamila Osmanova va boshqa ko‘plab iste’dodli shogirdlarni tarbiyalagan.

Ustoz Mavayeva Gulnora Nizomovna hayotining so‘nggi kunlarigacha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktab-internati o‘qituvchilari va talabalariga o‘z bilim va tajribalari bilan bo’lishib keldi.

Uning bilimi, g‘oya va takliflari yoshlarni yangi loyihalarga ilhomlantirdi, o‘qituvchilarning uslubiy ishlarida yordam berdi.
Shogirdlari esa bugungi kunda O‘zbekistonda, Kanadada, Rossiyada, Isroilda, Amerikada, Germaniyada yashab, ijod qilmoqdalar.

O’zbekiston davlar xoreografiya akademiyasi jamoasi Mavayeva Gulnora Nizomovnaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan