Poytaxtda ijodiy oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi

Kuni kecha ijodiy oliy ta’lim muassasalari rektorlari о‘rtasida navbatdagi ijodiy uchrashuv bо‘lib о‘tdi. O’zbekiston davlat konservatoriyasida bo’lib o’tgan uchrashuv ta’lim sifatini oshirish, ijodiy yо‘nalishlardagi tajriba almashinuvini kuchaytirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim yо‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ta’lim jarayonlarida qo’llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, talabalarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hamkorlikdagi loyihalar va ilmiy tadqiqotlar natijalari haqida fikr almashdilar. Shuningdek, milliy va xalqaro miqyosdagi loyihalarda hamkorlik masalalari, ijodiy sohadagi kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish mavzulari ham muhokama qilindi.

Ma’lumot o’rnida, Madaniyat vazirligi tasarrufida 9 ta oliy ta’lim muassasalari mavjud. (https://t.me/madaniyatvazirligi/47153)

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan