Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster, marhuma Viloyat Akilova «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi.

U raqs san’ati tarixida iz qoldirgan ulkan san’atkor, baletmeyster, nafaqat iste’dodi va sahnadagi mahorati bilan balki yetuk shogirdlar yetishtirib, milliy raqs san’atini asrab-avaylagani bilan yodda qoldi. Viloyat Akilova o‘zbek milliy raqslari: “Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Pomir raqsi”, “Dilrabo” va boshqa ko‘plab raqslarni yuqori darajada ijro etgan holda tomoshabinlar xotirasida muhrlangan. Uning sahnadagi obrazlari, ansambllari va shogirdlari orqali san’atga ko‘rsatgan hissasi bugungi kunda ham davom etmoqda.

Shuningdek, Viloyat Akilova 1989-yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni, 1998-yilda “El- yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan