Mustaqilligimizning 34-yillik bayrami munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug’iga binoan, fidokorona mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida, O’zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi tyutori Axmedova Risolat hamda “Zamonaviy raqs” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Utelova Aysha Pulatova “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Akademiya jamoasi nomidan mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!