O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida birinchi kurs talabalari uchun birinchi kredit haftaligi doirasida qator tadbirlar bo’lib o’tdi. Dastur “Talabalikka bagʻishlov”, “Birinchi kurs maktabi” va «Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun» shiori ostida o‘tkazilgan “Mustaqillik darslari”ni o‘z ichiga oldi.
Mazkur uchrashuvlarda talabalarga “Odob-axloq kodeksi”, akademiyaning ichki qoidalari, uning tarixi hamda O‘zbekistonda xoreografiya sanʼatining rivojlanish bosqichlari haqida maʼlumot berildi.
Tadbirlar talabalarda masʼuliyat hissini, odob-axloq madaniyatini va kelajak kasbiy faoliyati bilan bog‘liq yuksak missiyani anglash tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.