Ustozlarning o’rinli nasihatlari

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida o‘tkazilgan ekskursiya davomida birinchi bosqich talabalari hurmatli ustozlar — xoreografiya san’ati an’analarining fidoyilari bilan uchrashdilar.

Akademiya dotsentlari, Eshimbetova Aydin Ibadullayevna, Mahmudova Malohat Mahmudovna va Yunusova Dilbar Muhammadovnalar talabalarga sharqona donishmandlik va hayotiy tajribaga boy so‘zlar bilan murojaat qildilar.

Ustozlar, “Ta’lim talabalarning asosiy yo‘li, intizom va bilimga muhabbat esa kasб eshiklarini ochuvchi kalitdir” -deya ta’kidlab, kitob talabaning sodiq do‘sti va ilhom manbailigini eslatib o’tdilar.

Faqat amaliyotni nazariya bilan uyg‘unlashtirib, aqlini muttasil kitob mutolaasi bilan oziqlantirgan shaxsgina haqiqiy mahorat egasiga va kasbining munosib vakiliga aylanishi mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan