Yangi o’quv yili

Joriy yilning 8-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida 2025/2026-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan jamoa oldida turgan vazifalar xususida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘quv-uslubiy, ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xo‘jalik ishlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida akademiya rektori, professor Toxtasimov Shuxrat Maxmutovichni qutlug‘ yoshga to‘lishi munosabati bilan akademiya jamoasi nomidan muborakbod etildi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan