Vatanparvarlik – Vatan tarixini o‘rganishdan boshlanadi

a’naviy-ma’rifiy dastur doirasida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi birinchi bosqich talabalari yoshlar murabbiysi Saltonat Sultanova va yoshlar yetakchisi Xamroz Xalilov boshchiligida “Shahidlar maydoni” yodgorlik majmuasi hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo’ldilar.

Mazkur tadbir talabalar qalbida tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, shuningdek, bugun faxr bilan qadrlayotganimiz mustaqillik va tinchlik ulkan qurbonlar evaziga qo‘lga kiritilganini chuqur anglashga qaratildi.

Tadbir yakunida talabalarimiz, Vatanimiz haqida berilgan qiziqarli, mazmunli va batafsil ma’lumotlar uchun muzey xodimlariga minnatdorlik ramzi sifatida go‘zal va jozibador raqs ijro etdilar.
Videolavhani Amina Ganiyeva tayyorladi. “Zamonaviy raqs” yo’nalishi 1-bosqich talabasi

 

Video havolasi:  https://t.me/uzdxa_official/18568

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan