Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, vazirining birinchi o’rinbosari Avazxon Tadjixanov Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlangan (https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/89887) “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist” Alimova Nargiza Sagdullayevnani jamoaga tanishtirdi.
Bu kunga qadar Nargiza Alimova “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Milliy raqs va xoreografiya san’ati faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.