О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 1-kurs tayanch doktoranti Karomat Paxrudinova joriy yilning 28-sentyabr kuni 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko’rik tanlovi doirasida oʻtkazilgan rasmiy taqdirlash marosimida “TAʼLIM IFTIXORI” nominatsiyasida “ Raqs teatri: plastika va dramaturgiya sintezi» nomli ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi va tanlovning maxsus statuetkasi, guvohnoma va sertifikat bilan taqdirlandi.