Stipendiat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2022-yil 8-noyabrdagi “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tengligiga erishish strategiyasi va uni 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi to‘g‘risida”gi 128-son qarori 5-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “OTMlarida ilm-fan sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashxur ayollar nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida”gi 2022-yil 22-dekabrdagi 422-son buyrug‘i, O‘zDXA rektorining 2023-yil 10-yanvardagi “Akademiyada Mukarrama Turg‘unboyeva nomi bilan ataluvchi stipendiyani joriy etish to‘g‘risida”gi 2-I-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, akademiya Kengashining 2025-yil 29-avgustdagi tavsiyasi va akademiya rektorining 2025-yil 15-sentyabrdagi 04-04/66-T-son buyrug‘iga asosan, 2025/2026-o‘quv yili uchun “Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi maxsus stipendiya” “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yo‘nalishi, o‘zbek guruhi, 3-bosqich talabasi Abdullayeva Gulchehra Sa’dulla qiziga berildi.

Akademiya jamoasi nomidan muborakbod etib, kelgusidagi o’qish va ijodiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan