O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan 10-13-oktyabr kunlari yosh talantlarning iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida o‘tkazilgan “Marhabo talantlar” respublika ko‘rik-tanlovida, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahzoda Xudoynazarova xoreografiya yo‘nalishi bo‘yicha hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi.